“Paxtakor” Serbiya klubi bilan durang o‘ynadi
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Turkiyadagi yig‘ini doirasida navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Serbiyaning “Radnichki” klubiga qarshi bahsda toshkentliklar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Raqibning penaltidan goliga ikkinchi bo‘limda Ismatullaev aniq zarbasi bilan javob berdi
“Paxtakor”ning navbatdagi nazorat bahsi 13 fevral kuni Ukrainaning “Stal” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

“Paxtakor” – “Radnichki” 1:1
“Paxtakor”: Ergashev, Alijonov, Oraxovats, Tojiev, Avilov, Ismatullaev, O‘runov, Karimov, Nurullaev, Ibrohimov, Hakimov.
Zaxira: Hamroev, G‘anixonov, Asqarov, Yusupov, G.Ahmedov.

Fikrlar