"Paxtakor" futbolchisi Chernogoriya safida Millatlar ligasida o‘ynadi

1-turni safarda Ruminiyaga qarshi o‘tkazgan Chernogoriya darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 0:0 hisobida durangga erishdi. Simich 90 daqiqa davomida himoyada ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi.

Chernogoriya ketma-ket 7 bellashuvda mag‘lubiyatga uchramadi. 10 sentyabr kuni ushbu terma jamoa Litvani Podgoritsada qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!