“Paxtakor”ning 3 futbolchisi “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

"Paxtakor" 6 may kuni "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tadigan 9-tur uchrashuviga hozirlik ko‘rmoqda. "

Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin futbolchilar keyingi bellashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Jasur Abduraimov Qo‘qondagi o‘yinda Lobanov, Tojiev va Hoshimovning xizmatidan foydalanishi mumkin.

Ular diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lishdi. Jarohatlangan o‘yinchilardan Boltaboev, Yaxshiboev va Sohibov jamoaga yordam bera olishmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!