Pepe Turkiya chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topildi

"Turkiya chempionatida eng yaxshi himoyachi sovrinini qo‘lga kiritish bu men uchun sharaf. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat", - dedi portugaliyalik futbolchi mukofotni qo‘lga kiritgach.

Eng yaxshi darvozabon Fernando Muslera ("Galatasaroy"), eng yaxshi hujumchi va Turkiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi esa Bafetembi Gomis bo‘ldi. U hozir Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

"Beshiktosh" xavbeki Rikardo Kuarejma tomonidan kiritilgan gol esa o‘tgan mavsumda Turkiya chempionatida kiritilgan eng chiroyli gol deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!