
Peres "Real"ga Sanchoni olib kelmoqchi
Super mavsumni o‘tkazayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho faoliyatini La Liga grandida davom ettirishi mumkin.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga qaraganda 18 yoshli angliyalik futbolchiga shaxsan “Real” prezidenti Florentino Peres jiddiy qiziqib qolgan. Buning uchun ular dortmundliklarga 70 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida Bundesligada jami 16ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 5ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar