Peres pulga to‘ymayapti

  • 7 iyul, 2018, 13:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer bahosi borasida yana o‘z qarorini o‘zgartirishda davom etmoqda.

Tecno

Xabarlarga qaraganda “qirollik klubi” rahbari 33 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun narxni 150 million evroga ko‘targan. Peres juda bo‘lmasa Ronalduning sotuvidan kamida 130 mln evro ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Peres dastavval Krishtianuga 100 mln evro narx e’lon qilgan edi.

Ayni damda Ronalduga Turinning “Yuventus” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!