
Peres va Solari Isko masalasini muhokama qilishdi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiyi Santyago Solari jamoa yarim himoyachisi Iskoning “Santyago Bernabeu”dagi kelajagini muhokama qilishdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra argentinalik mutaxassis prezidentga Isko uning o‘yin uslubiga tushmasligini aytgan. Bundan tashqari u futbolchi bilan o‘zaro mojarolar paydo bo‘lganini ham bildirgan.
Solarining fikrlarini tinglagach Peres uni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Shu tariqa mavsum yakunlangach Iskoning “Real”dan ketishi tobora oydinlashdi.
Fikrlar