Perishich APL klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 14 fevral, 2019, 14:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi xavbeki Ivan Perishich mavsum yakunlangach APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jiddiy qiziqib qolgan. Aynan argentinalik mutaxassis jamoa rahbariyatidan Perishichni sotib olishni so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, Perishich joriy mavsum A Seriyada jami 20ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!