
Pirlo Italiya terma jamoasida ishlay olmaydi, chunki...
Afsonaviy yarim himoyachi Andrea Pirlo Italiya terma jamoasida ishlamaydi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, 39 yoshli mutaxassis 2019 yilga qadar murabbiylik faoliyatini amalga oshira olmaydi. Chunki, Pirloning Sky Italia telekanali bilan shartnomasi bor. U bu erda ayni damda ekspert sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shu tariqa Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchiniga endi Anjelo Greguchchi assistentlik qiladi.
Fikrlar