Piskentda belbog‘li kurash bo‘yicha an’anaviy respublika turniri bo‘lib o‘tdi (foto)
Shahardagi Yoshlar bog‘ida bo‘lib o‘tgan turnirda mamlakatimizning barcha burchaklaridan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan 100 nafardan oshiq polvonlar ishtirok etdi. Erta tongdan boshlangan musobaqa peshinga qadar davom etdi. G‘oliblar Piskent tuman hokimligi hamda Belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan qimmatbaho sovg‘alar, diplom va medallar bilan taqdirlandi. (G‘olib va sovrindorlar ro‘yxatini keyingi chiqishlarimizda chop etamiz).


























Fikrlar