Plyaj futboli: O‘zbekiston jaxon reytingida 59-o‘rinni saqlab qoldi

  • 5 oktabr, 2017, 23:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Plyaj futboli bo‘yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 59-pog‘onani saqlab qoldi.

Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O‘zbekiston hamon 11-o‘rinni band qilib turibdi. OFKga a’zo mamlakatlar reytingida Eron termasi 3011 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo‘lsa, Yaponiya (1593) va BAA (1371) kuchli uchlikdan joy oldi.

OFKga a’zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog‘onasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1 (3). Eron – 3011 ochko
2 (8). Yaponiya – 1593 ochko
3 (10). BAA – 1371 ochko
4 (13). Ummon – 985 ochko
5 (23). Livan – 693 ochko
6 (39). Tailand – 399 ochko
7 (43). Xitoy – 292 ochko
8 (45). Bahrayn – 290 ochko
9 (50). Vetnam – 239 ochko
10 (51). Afg‘oniston – 235 ochko
11 (59). O‘zbekiston – 169 ochko
12 (61). Qatar – 160 ochko
13 (71). Malayziya – 102 ochko
14 (76). Iroq – 86 ochko
15 (81). Laos – 76 ochko

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o‘rni ko‘rsatilgan

Plyaj futboli bo‘yicha jahon reytingida Braziliya 4263 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Portugaliya 3185 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikda bormoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil oktyabr oyidan 2017 yil sentyabr oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!