Pochettino: Futbolchilarimni hurmat qilinglar

  • 19 sentabr, 2018, 15:01
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Jurnalistlar argentinalik mutaxassisni himoyachilar Tobi Alderveyreld va Kiran Triperlarni Milanga olib kelmagani uchun tanqid qilgan edilar.

"Nimaga maydonga tushmagan futbolchilarga bunday munosabatda bo‘lyapsizlar? Sizlar menga, murabbiy, tarkib tanlashda adashdingiz deyishingiz mumkin. Ammo men sizlardan bugun maydonda bo‘lgan futbolchilarni hurmat qilishingizni so‘rayman, chunki, ularni men tanladim. Bizda 25 ta futbolchi bor.

Sizlar xuddi 14-15 futbolchining "chiqit" sifatida asosiy tarkibga kiritilmaganday gapirmoqdasiz. Kechirasizlar, men ham insonman va sizlarni hurmat qilaman. Sizlar ham meni hurmat qilishingizni so‘rayman", - dedi Pochettino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!