
Pochettino "Real"ning taklifiga qanday javob qaytardi?
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘ziga qiziqish bildirayotgan "Real" Madridning taklifiga javob berdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 46 yoshli argentinalik mutaxassis yiliga 17 million evro maosh taklif qilgan “qirollik klubi”ning taklifini rad etgan. U mavsum o‘rtasida “shporlar”ni tashlab ketishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, Pochettino “Tottenxem”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Ammo, hozircha birorta ham musobaqada g‘olib chiqa olgani yo‘q.
Fikrlar