
Pochettino "Tottenxem" rahbariyatidan moliyaviy kafolat talab qilmoqda
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa rahbariyatidan yaqinlashayotgan yozgi transferlar mavsumi uchun moliyaviy kafolat talab qilmoqda, deya xabar beradi The Telegraph nashri.
Manbada yozilishicha, argentinalik mutaxassis etakchi futbolchilarni jamoada olib qolib, yozda tarkibga bir nechta yangi futbolchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.
“Taqachilar”ning yozdagi asosiy “nishoni” “Kristal Pelas” a’zosi 25 yoshli Vilfrid Zaa bo‘lib turibdi. Shuningdek, ushbu ro‘yxatda “Ayaks”ning 18 yoshli himoyachisi Matteys de Ligt va “Vest Bromvich” hujumchisi 28 yoshli Jey Rodriges ham bor.
Pochettino bundan tashqari jamoaning darvozabon Ugo Lloris, himoyachi Yan Vertongen, yarim himoyachilar Dele Alli, Kristian Eriksen va hujumchi Xarri Keyn bilan kelishuvlarni yangilashni istamoqda. Yozgi transferlar mavsumida Pochettino 120 million funt olishi kutilmoqda.
Fikrlar