
Pogba: MYu ichidagi holat bo‘yicha hech nima ayta olmayman, aks holda meni jazolashlari mumkin
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadagi muhit haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Jamoa sardori bog‘ichi bu katta ma’suliyatdir. Jamoani ruhlantirish hamda oldinga etaklash meni qo‘limdan keladi.
Frantsiya terma jamoasi safida har bir inson, murabbiylar, ma’muriyat, futbolchilar bir jamoa bo‘lib ish yuritdik. Bizning maqsadimiz bir edi - g‘alaba qozonish. Shu maqsad ila har birimiz mehnat qildik va qanday natijaga erishganimizdan xabaringiz bor.
Men jahon chempioniman, biroq men o‘sha-o‘sha Pol Pogba. Albatta, bu erda boshqa jamoada to‘p tepyapman, ammo bor kuchimni MYuga berishga tayyorman.
"Yunayted"da sizni hamma narsa qoniqtiryaptimi?
Bilasizmi, hamma narsani ham ayta olmayman, aks holda meni jarimaga tortishlari mumkin, - deya Pogbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail nashri.
Fikrlar