Pogba endi Mourino haqida gapira olmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning OAVga bosh murabbiy Joze Mourino haqida gapirishini taqiqlab qo‘ydi.
Ingliz klubi rahbarlari frantsiyalik futbolchining portugaliyalik mutaxassis haqida gapirishiga qarshi. Ular bunday gaplar klub ichida turli muammolarni keltirib chiqaradi deb hisoblashmoqda.
Pogba avvalroq bu borada ogohlantirilgan edi, ammo bu safar unga umuman gapirishga imkon qildirishmadi.

Fikrlar