
Pogba faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin
Gvineyalik himoyachi Florenten Pogba Ispaniyaning “Elche” klubida ko‘rikdan o‘tadi.
28 yoshli futbolchi bugun Sugendada ishtirok etuvchi ushbu jamoa qarorgohiga kelgan. Endi u bir hafta davomida klub mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Ushbu vaqt orasida murabbiylarda iliq taassurot qoldirsagina jamoa Pogba bilan shartnoma imzolaydi. Qayd etish lozimki u ayni damda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi Turkiyaning “Genchlerbirligi” klubi bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Florenten Pogba “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogbaning akasi hisoblanadi.
Fikrlar