Pol Pogba: Akamga qarshi o‘ynash menga yoqdi
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba kecha bo‘lib o‘tgan "Sent-Eten"ga (3:0) qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kechagi o‘yinda sehrli bir narsani his qildim. Bu har kuni ham bo‘lavermaydi. Akamga qarshi o‘ynash esa menga yoqdi”, - deydi frantsiyalik futbolchi Sky Sportsga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yinda "Sent-Eten" tarkibida Pol Pogbaning tug‘ishgan akasi Florentina Pogba maydonda harakat qildi.


Fikrlar