Polvonlarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Parijga jo‘nab ketishdi

CHERY AUTO

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamizning dastlabki qismi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Frantsiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

21-26 avgust kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning yuzdan ziyod davlatlaridan polvonlar ishtirok etadigan yilning eng muhim musobaqasida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘oliblari, turli nufuzli musobaqalar sovrindorlari gilamga chiqishadi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini 11 nafar polvonimiz himoya qiladi. Ularning beshtasi yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz tarkibiga jalb etilgan bo‘lsa, olti nafar hamyurtlarimiz erkin kurash bo‘yicha musobaqalarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

21 avgustda birinchi bo‘lib yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar boshlanadi. Tajribali murabbiylar Komil Fatkulin va Ravshan Ro‘ziqulov boshchiligidagi yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz bugun Parijga jo‘nab ketdi. Jahon chempionatida Feruz To‘xtaev (59 kg), Elmurod Tasmurodov (66 kg), Aram Vardanyan (71 kg), Rustam Assakalov (98 kg) va Mo‘min Abdullaev (130 kg) lar yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz esa Frantsiya poytaxtiga 22 avgust sanasida yo‘l oladi. Ular musobaqani 24 avgustdan boshlashadi. Tarkibdan Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navro‘zov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) hamda David Modzmanashvili (125 kg) joy olgan. Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamizga Olim Hikmatov va Aleksandr Nedorezovlar ustozlik qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!