Poytaxtimizda boks bo‘yicha xalqaro turnir davom etmoqda
Shu kunlarda Toshkent shahridagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida boks bo‘yicha 2003-2004 yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston boks faxriylariga bag‘ishlangan xalqaro xotira turnirida Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan yosh charm qo‘lqop ustalari ishtirok etmoqdalar. Bahslar 15 vazn toifasida tashkil etilmoqda. Sovrinli o‘rinlar uchun 181 nafar bokschi kurash olib bormoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bellashuvlarda 20 nafar xalqaro toifadagi hakam faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fikrlar