Pro-liga. "Lokomotiv"ning OChLdagi raqibi quyi ligaga tushib ketishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lokomotiv"ning OChLdagi raqibi "Al Ittihod"  klubi bu tur o‘z maydonida "Al Hilol"ni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollarga Bafetimbi Gomis va Salim Al Dosarilar mualliflik qilishdi.

Kechagi mag‘lubiyat natijasida "yo‘lbarslar" hisobidagi ochkolar soni 15 taligicha qoldi va turnir jadvalida 16 jamoa orasida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi. 21-tur

"Al Ittihod" - "Al Hilol" 0:2

Gollar: Bafetimbi Gomis (67), Salim Al Dosari (82).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!