Professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari ma’lum bo‘ldi
Samarqand shahrida professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining so‘ngi beshta final janglari o‘z yakuniga etdi.
>> Professional boks bo‘yicha dastlabki O‘zbekiston chempionlari bilan tanishing
Dastlab 50 kg vazn toifasida Andijonlik Shahzodbek Sharobiddinov xorazmlik Doniyor Raximboevni mag‘lubiyatga uchratib, chempionat g‘olibi va kamar sohibiga aylandi.
Keyingi juftlik 57 kg.da Toshkent viloyati vakili Beksulton Ravshanov buxorolik Akmalshox To‘raevni nokautga uchratib, O‘zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
61 kg.da mezbon Mexroj Mavlyanov Namangan vakili Burgut Hojiboevni ochkolar hisobiga mag‘lub etgan bo‘lsa, 79 kg.da surxondaryolik bokschi Shaxzod Mauzerov g‘olib deb topildi.
+90 kg.da G‘aybullo Qo‘chqarovni ochkolar hisobida mag‘lub qilgan Renat Rahimov chempionlik kamari sohibi bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
50 kg:
1. Shaxzodbek Sharobiddinov (Andijon)
2. Doniyor Raximboev (Xorazm)
3. Sarvar Usmonov (Toshkent)
57 kg:
1. Beksulton Ravshanov (Toshkent viloyati)
2. Akmalshox To‘raev (Buxoro)
3. Ixtiyor Mirzaev (Andijon)
61 kg:
1. Mehroj Mavlyanov (Samarqand)
2. Burgut Hojiboev (Namangan)
3. Ilhombek Hasanov (Xorazm)
79 kg:
1. Shaxzod Mauzerov (Surxondaryo)
2. Shohruh Kamoldinov (Toshkent shahri)
3. Jamshidbek Saidnazarov (Xorazm)
+90 kg:
1. Renat Rahimov (Qoraqalpog‘iston)
2. G‘aybullo Qo‘chqarov (Namangan)
3. Asqar Mirzaev (Qashqadaryo)



Fikrlar