
Qirg‘izistonning tarixiy goli, bittadan ortiq gol ura olmayotgan Xitoy va boshqa qiziqarli faktlar
Xabaringiz bor bugun Osiyo kubogi “S” guruhi birinchi turida Xitoy va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi. Qiziqarli kechgan o‘yin 2:1 hisobida Chin yurti vakillarining irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
Quyida ushbu jamoalarning Osiyo kuboklaridagi qiziqarli faktlari bilan tanishtirib o‘tamiz:
- Xitoy terma jamoasi so‘nggi 4 ta Osiyo kubogining guruh bosqich o‘yinlarida faqat 1 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan;
- Xitoyliklar so‘nggi 4ta Osiyo kubogida guruh bosqich bahslarini g‘alaba bilan boshlagan. So‘nggi bor ular 1996-yilgi Osiyo kubogini mag‘lubiyat bilan boshlagan. O‘shanda ular O‘zbekiston terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishan;
- Ahliddin Isroilovning bugungi uchrashuvdagi goli Qirg‘iziston terma jamoasining Osiyo kuboklari bahslaridagi ilk goli bo‘ldi;
- E’tiborlisi, Qirg‘iziston terma jamoasi Osiyo kubogi tarixida darvoza tomon yo‘llagan ilk zarbasini golga aylantira olgan birinchi terma jamoa bo‘ldi;
- Yu Dabaoning Qirg‘iziston terma jamoasiga urgan goli futbolchining 6 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi. So‘nggi bor u 2017 yil dekabr oyida Yaponiya darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Fikrlar