“Qizilqum” xorij yig‘iniga jo‘nab ketdi

  • 10.02.2019 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan “Qizilqum” futbolchilari mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqchini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent-Istambul-Antaliya havo yo‘nalishi orqali manzilga yo‘l olgan navoiylik futbolchilar 10 kun mobaynida xorijda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirishadi.

"Yig‘in davomida 6 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirganmiz. Klubimiz homiylari biz uchun imkon qadar barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilishmoqda. Mavsum boshlanishiga oz fursat qolmoqda. Bu yig‘inda xorij jamoalari bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazib, yigitlarning imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib olamiz", -deydi jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov.

Jamoa a’zolari 20 fevral kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
MUSA-KONIMEX-LIVERPUL
10/02/2019 11:21
Актамов бу мавсум натижа курсатиши лозим