“Qizilqum” Navoiyda ajoyib “kambek” qayd etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Navoiydagi “Yoshlik” stadionida Oliy liga 18-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” xamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvning dastlabki 10 daqiqasida tomonlar o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. 12-daqiqa o‘tib borayotgan paytda mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Darko Gojkovich boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘lladi – 0:1.

20-daqiqada yana bitta xavfli vaziyatni vujudga keldi. Javohir Sidiqov maydon markazidan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi.

33-daqiqada maydon egalari hisobni tenglashtirishdi.  Sherali Jo‘raevning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini Samandar Shodmonov gol bilan yakunladi – 1:1.

36-daqiqada Otabek Zokirov kuchli va aniq zarbasi bilan Ribkinni dog‘da qoldirdi-2:1.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida aniqrog‘i, 41-daqiqada G‘ayrat Jumaevning kutilmaganda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p Ribkin darvozasidan o‘rin oldi – 3:1.

Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Qolgan daqiqalarda qo‘qonliklar katta kuch bilan hujumga zo‘r berishdi. Maydon egalari esa iloji boricha vaqti cho‘zishga harakat qilishdi. Navoiyliklarning bu intilishlari o‘yin oxiriga qadar samara berdi.

Shu tariqa, qo‘qonliklar ikkinchi davrada ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. 

Oliy liga. 18-tur

«Qizilqum» (Navoiy) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 3:1 (3:1)

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po‘latov (Toshkent), A. Shukurullaev (Toshkent)

Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

O‘zPFL vakili: B. Mametov.

Gollar: Samandar Shodmonov – 33, Otabek Zokirov – 36, G‘ayrat Jumaev – 41. -  Darko Gojkovich - 12,

"Qizilqum": 55. Erkin Jabborov. 3. Shukurali Po‘latov, 4. Erkin Boydullaev, 9. Otabek Zokirov, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 18. Samandar Shodmonov (6. Nodirxon Kamolov – 87), 20. G‘ayrat Jumaev, 23. Sherali Jo‘raev, 27. Ilhom Yunusov, 89. Otabek Isroilov (93. Maksim Yurku – 69).

Zaxira: 22. Artyom Makosin, , 8. Akmal Rustamov, 77. Bekzod G‘anijonov, 92. Akram Bahritdinov, 96. Xumoyun Abdualimov.

«Qo‘qon-1912»: 13. Nikita Ribkin (12. Aziz Ashurov – 46), 7. Jamshid Hasanov (98. Xushnud Avilov – 46), 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov, 19. Suhrob Berdiev (11. Andrey Sidorov – 72), 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziev, 77. Murod Holmuhammedov, 99. Filip Rayevats.

Zaxira: 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 17. Avazxon Mamatxo‘jaev, 97. Oybek Rustamov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!