“Qo‘qon-1912” – “Buxoro”. Qo‘qonliklar o‘z maydonida ustunlikka ega

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

26 may kuni Qo‘qonda Oliy liga 12-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati bu jamoalarning statistik ma’lumotlari haqida to‘xtalib o‘tdi. 

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu  jamoalar Oliy ligada 22 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 8 tasida qo‘qonliklar g‘olib bo‘lishgan, 2 ta o‘yin durang natijasi bilan intiho topgan. 12 ta uchrashuvda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 44:31, “Buxoro” foydasiga. O‘zaro o‘inlarda “Buxoro” 38, “Qo‘qon-1912” esa 26 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Qo‘qonda o‘tgan uchrashuvlar

09.04. 2016

Qo‘qon 1912  – Buxoro – 0:1

02.05.2015

Qo‘qon 1912  – Buxoro – 2:1

23.06.2003

Qo‘qon 1912  – Buxoro – 1:0

21.09.2002

Qo‘qon 1912 – Buxoro   – 1:0

05.11.2000

Temiryo‘lchi – Buxoro – 1:6

18.09.1999

Temiryo‘lchi – Buxoro – 4:1

06.11.1998

Temiryo‘lchi  – Buxoro – 3:1

01.10.1995

Temiryulchi – Nurafshon – 3:0 *

25.09.1994

Temiryo‘lchi – Nurafshon – 1:0

18.09.1993

Temiryo‘lchi – Nurafshon – 4:0 (2:0)

10.05.1992

Temiryo‘lchi – Nurafshon – 1:1 (0:1)

Fakt: Qo‘qonda o‘tkazilgan o‘yinlarning 8 tasida “Qo‘qon-1912” jamoasi g‘alaba qozongan. Bitta o‘yin durang natija bilan yakunlangan.

Hakamlar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 12-turda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 26 may kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan  “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Aytgancha, o‘tgan yili Qo‘qonda o‘tkazilgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs ham Hasan Ro‘ziev hakamligida o‘tgan. Yana bir ma’lumot bundan bir oy oldin G‘uzorda o‘tkazilgan “Sho‘rtan”ga qarshi kechgan uchrashuvni aynan Hasan Ro‘ziev boshqargan.

Oliy liga, 12-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Buxoro» (Buxoro)

Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), Sh. Nasibullaev (Namangan)

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

Boshlanish vaqtlari

Juma kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv soat 18:00da boshlanadi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. O‘yin soat 17:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!