“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi

  • 05.04.2017 18:14
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xabaringiz bor, 6-7 aprel kunlari oliy liga 5-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. 7 aprel kuni “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo”sini qabul qiladi.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmatining ma’lum qilishcha, ushbu o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar “Markaziy” stadion kassalarida savdoga chiqdi. Chiptalar har doimgidek ikki xil 10 000 va 5 000 so‘mdan sotilmoqda.

“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” o‘yini 7 aprel juma kuni soat 16:30da boshlanadi. Ertaga esa 15:30da ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari maydonga chiqadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!