“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi chiptalari 22 may kuni sotiladi
Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda navbatdagi bahs 22 may , dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni qo‘qonliklar O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv 22 may kuni soat 17:30da boshlanadi. “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar o‘yin bo‘ladigan kuni, ya’ni 22 may kuni soat 14:00 dan boshlab sotuvga chiqariladi, deb ma’lum qilmoqda “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil 10 000 so‘mdan sotiladi. Chiptalarda sektor raqamlari yozilgan bo‘lib, muxlislar o‘zlari istagan sektorga chipta olib kirishlari mumkin. Yillik abonamentlar bu uchrashuv uchun ham haqiqiy hisoblanadi.

Fikrlar