
"Qo‘qon-1912" Filip Rayevats bilan shartnoma imzoladi
Yangi futbol mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z tarkibini Serbiyalik hujumchi bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qo‘qon-1912” jamoasi “Dinamo” darvozasiga 6 ta gol urdi
Jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Filip Rayevats tibbiy ko‘rikdan muvafaqiyatli o‘tdi. Rayevats bugun qo‘qonliklar bilan shartnomaga imzo chekdi. Filip Rayevats Farg‘onada bo‘lib o‘tgan «Hokim kubogi-2017» musobaqasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib beshta gol urganidan so‘ng, murabbiylar va muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘lgan edi.
"Qo‘qon-1912" legioneri Nikola Valentich Serbiyaga jo‘nab ketdi
Bugun bo‘lib o‘tishi reja qilingan "Sho‘rtan" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Serbiyalik hujumchining maydonga tushishi kutilmoqda.
Fikrlar