
"Qo‘qon-1912" Javohir Sidiqovning “Paxtakor”ga o‘tganini e’lon qildi. Qo‘qonliklar futbolchining transfer huquqini saqlab qolishgan
“Qo‘qon-1912” jamoasining etakchi futbolchisi Javohir Sidiqov yangi mavsumni ijara shartnomasi asosida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912” klubiga 2016 yilgi mavsumda, bosh murabbiy No‘’mon Hasanovning taklifi bilan aynan “Paxtakor” jamoasidan kelgandi. Javohir Sidiqovning etuk futbolchi bo‘lib etishishida “Qo‘qon-1912” klubi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanovning ham xizmatlari katta bo‘ldi.
Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912” futbol klubi bilan shartnomasini 2020 yilning so‘ngiga qadar uzaytirgan. 2019 yilgi futbol mavsumida Javohir Sidiqov OChL o‘yinlarida o‘ynab, o‘z tajribasini yanada orttirishi maqsadida futbolchi “Paxtakor” futbol klubiga ijaraga berildi. Sidiqovning transfer huquqi “Qo‘qon-1912” futbol klubi ixtiyorida bo‘ladi.
Fikrlar