"Qo‘qon-1912": O‘tganlar xotirasi yodga olindi
Bugun 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan respublikamizning barcha shahar va tumanlarida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
“Qo‘qon-1912” jamoasining murabbiy va futbolchilari ham ushbu kunda avlodlar ruhini shod etish maqsadida Qo‘qon shahridagi xotira maydoniga bordilar.
Murabbiy va futbolchilarimiz bu erda vatanimiz mustaqilligi uchun jon fido qilgan ota-bobolarimizni xotirlab, bu erda qad rostlagan yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.


Fikrlar