"Qo‘qon-1912": "Sho‘rtan"ga qarshi chiptalar sotuvda
Avval xabar berilganidek, oliy liganing 23-turida "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z maydonida G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasini qabul qiladi.
"Qo‘qon-1912" – "Sho‘rtan" uchrashuvi uchun chiqarilgan chiptalar bugundan "Markaziy" stadion kassalarida sotuvga chiqarildi.
Qo‘qonliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, chiptalar doimgidek 10 000 va 5 000 so‘mdan sotilmoqda.

Fikrlar