“Qo‘qon-1912”: Yubiley uchrashuv arafasida

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Qo‘qon-1912” jamoasi Oliy ligadagi 350-o‘yinini o‘tkazish arafasida. 12-mavsum elitada ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 349 ta uchrashuv o‘tkazishga  muvaffaq bo‘lishdi.

Shularning 128 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 44 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 173 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 476 – 652. Umumiy ochkolar 428 tani tashkil etadi.

Oliy liga 10-tur doirasidagi “Navbahor” bilan bo‘ladigan uchrashuv jamoamizning o‘ziga xos yubiley 350-o‘yini sifatida tarixda qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!