
"Qo‘qon-1912" murabbiylariga tojikistonlik futbolchining harakatlari yoqmadi
"Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkentdagi yig‘inida ma’lum muddat ishtirok etgan va “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsda “Qo‘qon-1912” libosida maydonga tushgan tojikistonlik legioner Amirjon Safarov klub lagerini tark etdi. Bu haqda Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha futbolchining harakatlari klub murabbiylarining talab darjasiga mos kelmadi.
"Qo‘qon-1912" murabbiylari legioner futbolchi olishda judayam talabchan ekanligini ta’kidlash joiz.
Eslatib o‘tamiz, ertaga futbolchilar Qo‘qon shahrida to‘planishadi va “Lokomotiv”ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Fikrlar