“Qo‘qon-1912” muxlislari klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislar klubi a’zolari yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Bu yil Qo‘qonda haqiqiy futbol bayrami bo‘lib o‘tadi. Boisi, No‘’mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib borgan selektsiya ishlari natijasida tarkibga bir qator tajribali futbolchilar kelib qo‘shilishdi.

Bu esa yangi mavsum oldidan muxlislarimizga o‘ziga xos ishonch o‘yg‘otgani rost. Shunga monand tarzda Ilhomjon Qunduzov etakchilik qilayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislar klubi a’zolari ham yangi mavsumni yuqori kayfiyatda kutib olish ishlarni boshlab yuborishdi.

26 fevral yakshanba kuni soat 11:00 da Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida “Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislar klubi a’zolarining maxsus yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Muxlislar klubiga a’zo bo‘lishni istagan muxlislar o‘zlari bilan pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi va 3x4 hajmdagi ikki dona fotosurat olib kelishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!