“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”. Katta ustunlik toshkentliklarda
17 may kuni Oliy liga 11-turida Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” mehmoni bo‘ladi. Qo‘qonliklar matbut xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari haqida ma’lumot beradi.
O‘zaro o‘yinlar
“Lokomotiv” va “Qo‘qon-1912” klublari bundan oldin oliy ligada to‘rt marta to‘qnash kelishgan. Uchrashuvlarining uchtasida “Lokomotiv” g‘alaba qozongan. Bitta bahsda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 10:3 “Loko” foydasiga.
O‘tgan yili Qo‘qonda o‘tkazilgan birinchi davra uchrashuvida “Temiryo‘lchilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. 2015 yili 16 oktyabr kuni Qo‘qondagi bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa 2:2 hisobi qayd etilgan.
Hakamlar
Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni FIFA hakami Vladislav Tseytlin boshqarib boradigan bo‘ldi.
Vladislav Tseytlin 18 mart kuni Qo‘qonda o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvini ham boshqargandi. O‘ysha o‘yinda vakillarimiz 1:0 hisobida raqibdan ustun kelishgan.
Oliy liga, 11-tur
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: B. Mametov
Boshlanish vaqtlari
Mazkur uchrashuv 17 may kuni soat 17:30da boshlanish rejalashtirilgan. O‘rinbosarlar bahsi esa bugun soat 16:30da boshlanadi. Barcha futbol muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.

Fikrlar