
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf”: O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar
Superliga 7-tur uchrashuvini “Qo‘qon-1912” jamoasiga o‘z maydonida mamlakatning etakchi klublaridan biri – “Nasaf”ga qarshi o‘tkazadi. Shanba kungi uchrashuv Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonlikoar matbuot xizmati uchrashuvga doir ma’lumotlarni taqdim qildi.
17-to‘qnashuv arafasida
Mazkur jamoalar bunga qadar O‘zbekiston chempionatida 16 marta to‘qnash kelishgan. 12 ta uchrashuvda “Nasaf” g‘alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlaridan durang qayd etilmagan. Bu kamdan-kam uchraydigan holatdir. To‘plar nisbati – 19-35 “Nasaf” foydasiga. Qarshiliklar o‘zaro uchrashuvlarda 36 ochkoni qo‘lga kiritishgan. Qo‘qonliklarning bu boradagi ko‘rsatkichi esa 12 ochkoga teng.
Qo‘qondagi so‘nggi besh uchrashuv:
04.03.2017 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2
26.08.2016 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2
16.08.2015 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:3
18.08.2003 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 3:0
09.06.2002 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 3:0
Fakt: Qo‘qondagi sakkiz uchrashuvning to‘rttasida "Qo‘qon-1912" g‘alaba qozongan. To‘rtta o‘yinda esa “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan. Qo‘qonliklarning o‘z maydonlarida ikki marta “Nasaf”ni yirik – 3:0 hisobida dog‘da qoldirishgan.
Hakamlar
21 aprel shanba kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Superliga, 7-tur
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf”
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), F. Yansupov (Toshkent).
Nazoratchi – I. Nexochin (Toshkent).
Komissar – B. Namozov.
Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi 21 aprel shanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi va “Sport TV” orqali jonli tarzda efirga uzatiladi.
O‘rinbosarlar o‘yini esa 20 aprel juma kuni soat 16:00da Uchko‘prikdagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar