«Qo‘qon-1912» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi
Ertaga, 29 iyul kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida Pepsi Superliganing 19-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Unda "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning "So‘g‘diyona" futbolchilarini qabul qiladi. Bu uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar bugundan stadion kassalarida sotilmoqda.
Chiptalar doimgidek 10 000 va 15 000 so‘mdan sotilyapti, deya xabar beradi qo‘qonliklar matbuot xizmati.

Fikrlar