“Qo‘qon-1912”ning Qozog‘iston klubi bilan o‘yini bekor qilindi
“Qo‘qon-1912” jamoasining 10 fevral kuni Chirchiq shahrida boshlangan so‘nggi yig‘ini bugun o‘z yakuniga etadi. Avvalgi rejaga o‘zgartirish kiritilgani bois yig‘in erta yakunlanadigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 23 fevral kuniga belgilangan Qozog‘istonning “Ekibastuz” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi. Bunga sabab Qozog‘iston klubining Toshkentga kelmagani bo‘ldi. Endi futbolchilarga qisqa muddatli ta’til beriladi. Futbolchilar ikki kun dam olishgach, 25 fevraldan Qo‘qonda to‘planishadi va oliy liganing 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” jamoasiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishadi.

So‘nggi yig‘in davomida “Qo‘qon-1912” beshta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishib, uchta bahsda g‘alaba qozonishdi (“So‘g‘diyona” 5:0, “Dinamo” 6:1, “Qizilqum” 1:0), bitta o‘yinda durang natija qayd etildi (“Sho‘rtan” 2:2) va bitta bellashuvda mag‘lubiyatga uchrashdi (“Navbahor” 0:3).

Fikrlar