“Qo‘qon-1912″dan bolajonlarga bayram sovg‘asi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kecha, 1 iyun kuni yurtimizda “Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlandi. “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati ham ushbu bayram munosabati bilan bolajonlarga ajoyib sovg‘a tayyorladilar.

Kecha Qo‘qon shahridagi 51-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida , “Qo‘qon-1912” klubiga qarashli “Jajji shunqorchalar” futbolga ixtisoslashgan futbol guruhlari o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu munosabat bilan 51-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida bayram tashkil qilindi. Bolajonlar ertak qahramonlari bilan raqslarga tushdilar va ularning qo‘lidan turli sovg‘alar olib xursand bo‘ldilar.

Tadbirda Qo‘qon shahar hokimligi va halq ta’limi bo‘limi xodimlari , shuningdek “Qo‘qon-1912” jamoasining rahbarlari ishtirok etishdi.  “Qo‘qon-1912” jamoasi vitse-prezidenti Baxtiyor Tolipov bolajonlarni bugungi bayram bilan tabriklab, ulardan kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yaxshi insonlar va shahrimizni dunyoga tanitadigan futbolchilar etishib chiqishiga ishonch bildirdilar.

Bundan buyon ushbu ta’lim muassasida 3-7 yoshli bolajonlar “S” litsenziyaga ega murabbiy Murodjon Sultonov qo‘l ostida futbol sir-asrorlarini o‘rganadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!