Qo‘qondagi bahsning eng yaxshilari – Nosir Otaqo‘ziev va Sherzod Karimov

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Oliy ligada 9-tur o‘yinlari yakuni etdi. Ushbu turda ham muxlislar bir-biridan qiziqarli bo‘lgan bahslarning guvohiga aylanishdi.

Ayniqsa, Qo‘qonda o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuviga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. O‘yin shunga monand tarzda jangovor ruhda o‘tdi. Har ikki bo‘limlarning beshinchi daqiqasida kiritilgan gollar natijasida uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi.

Odatga ko‘ra, uchrashuv poyoniga etgach, eng yaxshi o‘ynchilar ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Qo‘qondagi bahsda eng yaxshilar sifatida  – Nosir Otaqo‘ziev va Sherzod Karimovlar tan olinishdi, deb xabar bermoqda qo‘qonliklar matbuot xizmati. 

Hakamlar hujjatidan ko‘chirma

Oliy liga, 9-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:1 (1:0)

Qo‘qon. 10320 tomoshabin

Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,0, R. Fozilov (Namangan) – 7,7, M. Majidov (Namangan) – 8,2, D. Jalimov (Toshkent. vil.) – 8

Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: A. Frolov.

Gollar: N. Otaqo‘ziev (5) – A. Ismatullaev (50).

Ogohlantirishlar: D. Hoshimov (60), A. Ahmedov (64), Sh. Karimov (barchasi-«Paxtakor», 77).

Eng yaxshi o‘yinchilar: N. Otaqo‘ziev – Sh. Karimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!