Qozog‘iston. Jeparov to‘p suradigan klub mag‘lub bo‘ldi
Hamyurtimiz Server Jeparov to‘p suradigan "Jetisu" klubi safarda "Qaysar"ga qarshi bahs olib bordi. "Murtabaev nomidagi stadion"da kechgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Jeparov jarohati bois ushbu qarama-qarshilikni o‘tkazib yubordi. Kechagi mag‘lubiyat "Jetisu"ga Evropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini beruvchi 4-o‘rinni olish uchun imkoniyatlarni yo‘qqa chiqardi.
Qozog‘iston Premer-ligasi. 32-tur
"Qaysar" - "Jetisu" 1:0.
Fikrlar