
Qozog‘iston bokschilar "Uzbek tigers" natijasini takrorladi
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumining "S" guruhida uchinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini ikkinchi marotaba himoya qilayotgan "Uzbek tigers" bokschilari Toshkentda Rossiyaning “Patriot Boxing Team” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
"S" guruhining ikkinchi uchrashuvda "Astana arlans" Qozog‘istonda "Shina dragons" bokschilarini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchib, turnirda ketma-ket uchinchi g‘alabasini nishonladi.
The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.
Fikrlar