“RB Leyptsig” bosh murabbiyi: “Bavariya” Vernerni sotib olishga jiddiy kirishsa, uni saqlab qolishimiz juda qiyin bo‘lib qolishi mumkin

  • 20 yanvar, 2019, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“RB Leyptsig” klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik hujumchi Timo Vernerning “Bavariya”ga o‘tishi haqida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Agar “Bavariya” Vernerni sotib olishga jiddiy kirishsa, biz uchun uni saqlab qolish juda qiyin bo‘lib qolishi mumkin. Lekin, myunxenliklar asosan 1ta hujumchi bilan o‘ynashadi. Shu bois Verner jamoamizda yana 2-3 yil qoladi deb hisoblayman”, - deydi Rangnik.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli germaniyalik futbolchining “RB Leyptsig” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Shu bois, agar Verner ushbu kelishuvni uzaytirmasa, klub uni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun sotib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
20/01/2019 13:30
Бавария Германия клубидан биронтасини оламан деса, бошка Европадаги грандларни Бавария олдида имкониятлари кам