Raja Nainggolan: Shouni xohlasangiz, Angliya futbolini tomosha qiling

  • 24 noyabr, 2018, 18:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan Angliya futboli haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Agar siz shouni istasangiz, u holda Angliya futbolini tomosha qiling. Muxlislar, stadionlar, ajoyib maydonlar va tezkor o‘yin. U erda chindanda temp juda yuqori. Ammo, taktik futbol bo‘yicha Italiya kuchli. Agar mendan qaysi chempionatda to‘p surishni xohlashimni so‘rasangiz, tomoshabopligi uchun Angliyani tanlagan bo‘lardim. Lekin men uzoq yillardan buyon Italiyada yashayapman va shu bois boshqa erga ko‘chib o‘tishim qiyin”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Nainggolan joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!