
Rakitich Kataloniyadagi uyini sotuvga qo‘ydi va farzandlarini frantsuz maktabiga berdi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘zining Kataloniyadagi uyini sotmoqchi.
Catalunya Radio tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi ushbu uyini sotuvga qo‘yishdan tashvari farzandlarini frantsuz maktablariga bergan.
Taxminlarga qaraganda Rakitich PSJga o‘tishga chog‘lanmoqda. Aytish kerakki, frantsuz grandi uni o‘tgan yozdayoq sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Ammo, “Barselona” bunga rozi bo‘lmagandi.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Taxminiy transfer bahosi esa 70 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar