Rakitich: Messining o‘rnini bilintirmaslikka harakat qilamiz
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich kecha “Sevilya”ga (4:2) qarshi bahsda jarohat olgan jamoadoshi Lionel Messi haqida o‘z fikrlini bildirib o‘tdi.
“Aytishim lozimki “Sevilya”ga qarshi o‘yinlar doim men uchun alohida ahamiyat kasb etib kelgan (Rakitich “Barsa”ga o‘tishdan avval “Sevilya”da o‘ynagan. tahr). Biz bugun juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik.
Endi intizorlik bilan klasikoni kutamiz. Bu umuman boshqa o‘yin, be erda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch ham, boshdan o‘tayotgan inqiroz ham hech qanday rol o‘ynamaydi. Biz Leoning o‘rnini bilintirmaslikka harakat qilamiz.”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” uchrashuvi 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar