Ramos o‘z ismini "Real" tarixiga yozdirishda davom etmoqda
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi daslabki o‘yinlari doirasida "Real" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qildi.
Keskin kurashlarga boy kechgan bahsda madridliklar irodali tarzda raqiblarini mag‘lub eta olishdi. Yakuniy hisob 3:1.
Kechagi bahsda 71 daqiqa maydonda to‘p surgan "qirollik klubi" sardori Serixo Ramos "Real" safida EChLdagi o‘zining 95-o‘yinini o‘tkazdi. Ramos bu borada 1994-2010 yillarda "gallaktikoslar" safida o‘ynagan Gutiga etib oldi. 2005 yildan buyon "Real" safida to‘p surib kelayotgan Ramos bu borada 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Qirollik klubi" tarkibida EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar uchligi bilan tanishing: Roberto Karlos (107ta), Raul (130ta), Iker Kasilyas (150ta).

Fikrlar