
Raneri Italiya terma jamoasi bosh murabbiyidan Balotelliga imkoniyat berishni so‘radi
Frantsiyaning "Nant" klubi ustozi Klaudio Raneri Italiya terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Luiji di Byajoga “Nitstsa” hujumchisi Mario Balotelliga ko‘proq e’tibor berishini so‘radi.
“Frantsiyada u ajoyib o‘yin ko‘rsatyapti. Shunday ekan uni Italiya terma jamoasida ham imtihondan o‘tkazib ko‘rish kerak. Bolakay ulg‘aydi”, - deydi Raneri.
Ma’lumot uchun, Balotelli joriy mavsum Frantsiya chempionatida 19 bor asosiy tarkibda maydonga tushgan va 14 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.
Fikrlar