
Raneri qishda “Fulxem”ga "Chelsi"dagi sobiq shogirdini olib kelmoqchi
Londonning “Fulxem” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri qishki transferlar davrida jamoaga kimni olib kelish masalasida bir qarorga keldi.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga italiyalik mutaxassis jamoa rahbariyatidan davralar oralig‘ida "Chelsi" yarim himoyachisi Deniel Drinkuoterni sotib olishni so‘ragan. Aytish lozimki, Drinkuoter “Lester”da aynan Raneri qo‘l ostida to‘p surgan edi.
Ma’lumot uchun, Drinkuoter joriy mavsum “Chelsi”da bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda maydonga tushdi. Shu bois ham u barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Fulxem”ning taklifiga rozi bo‘lishi mumkin.
Fikrlar